Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxmat olamida mojaro: jahon chempioni Karlsen Karyakinni kelishilgan partiyalarda aybladi
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen rossiyalik grossmeyster Sergey Karyakinni ozarboyjonlik Shaxriyor Mamediyorov bilan kelishilgan partiyalarni o‘tkazishda aybladi.
«Men shuni bilamanki, Karyakin va Mamediyorov avvalgi musobaqalarda durang haqida kelishib olgan», - deya Karlsenning so‘zlarini keltiradi TV2 telekanali.
Norvegiyalikning fikricha, shunday holatlardan biri Stavangerdagi musobaqada yuz bergan.
«Menda hech qanday dalillar yo‘q, lekin men bunga hayron bo‘lmayman. Balki, birga ishlaydigan va do‘st bo‘lgan odamlarning o‘zaro partiyalarini diqqatlik bilan kuzatib borish kerakdir. O‘shanda aldov holati aniqlanadi», - deya ta'kidlab o‘tdi Karlsen.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga yangi rais saylangandi.
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
14:16 / 01.01.2025
Nepomnyashchiy va Karlsen blits bo‘yicha JChda g‘alabani bo‘lishib oldi
20:58 / 28.12.2024
Magnus Karlsen jinsi kiygani sabab rapid bo‘yicha jahon chempionatidan chetlatildi
09:30 / 12.05.2024