Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2008 yilgi moliyaviy inqiroz zamonaviy tarixdagi eng yomoni deb ataldi
Foto: AFP / MANDEL NGAN
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2008 yilda yuz bergan moliyaviy inqirozni zamonaviy tarixdagi eng yomoni deb hisoblaydi. Bu haqda XVJning rasmiy vakili Jyerri Rays jurnalistlar bilan brifingda aytib o‘tdi.
Oxirgi 10 yil biz jahon moliyaiy inqirozi oqibatlarini his qilmoqdamiz. Bu inqiroz, ehtimol, zamonaviy tarixdagi eng yomoni bo‘lsa kerak”, deb aytgan Rays.
Raysning aytishicha, XVJ tashkilotga a'zo turli davlatlarga “moliyaviy inqirozdan tiklanib olish va barqarorlikni tiklash uchun ko‘mak sifatida 1,5 trln dollar taqdim qilgan. Uning ta'kidlashicha, bu yordamning ijobiy natijalarini bugundayoq jahon iqtisodiyotida ko‘rish mumkin. “Men buni XVJ muvaffaqiyati demayman, biroq XVJ buning bir qismi bo‘lgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Rays.
2008 yilda jahon moliyaviy inqirozi boshlangan. Uning boshlanishi bir qator omillar: iqtisodiy rivojlanishning umumiy davriyligi, ipoteka inqirozi va xom ashyo tovarlari, jumladan neftga katta narxlar bilan bog‘lanadi.
2008 yilda AQShning yirikligi bo‘yo‘icha 4-raqamli investitsiyaviy banki Lehman Brothers kasodga uchragan. Bu bankrotlik AQSh tarixidagi eng yirigi bo‘lgan va fond birjalarida narxlarning keskin pasayib ketishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
21:38 / 27.05.2025