Jamiyat | 10:50 / 07.06.2018
17200
2 daqiqa o‘qiladi

Shahzodaning operatsiyasiga birozgina mablag‘ yetmayapti, hammamiz birlashaylik!

Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Muqaddam Xalilovadan tahririyatimizga murojaat kelib tushdi.Murojaatda  u 12 yoshli nogiron qizi Shahzodaning davolanishi uchun yaxshi insonlarning muruvvatiga muhtoj ekanligini bildirgan.

Biz Muqaddamxon yashayotgan uyga bordik. Yoshligida o‘zi ham yurak porogi bo‘yicha operatsiyalarni boshdan kechirgan ayni paytda ikki farzandi bilan turmushidan ajralgan, hech joyda ishlamaydigan Muqaddamxon ukasining uyida ikki farzandi bilan yashab turibdi. To‘ng‘ich qizi maktab o‘quvchisi. 12 yoshga kirgan, lekin ko‘rinishidan 6-7 yashar bolani eslatadigan kichigi — Shahzoda og‘ir dardga duchor  bo‘lgan.

Onasining aytishicha, Shahzodani 2 yasharligida yiqitib qo‘yishadi. O‘shandan keyin tilga kirgan va yurib ketgan qizaloqning sog‘lig‘i asta-sekin orqaga keta boshlaydi. Ayni paytda u o‘tira olsa-da, gapira olmaydi. O‘zini nimalar qiynayotganini bildira olmaydi.

Onasi Muqaddamxonning aytishicha, vrachlar yaxshilab davolab, qizini oyoqqa qo‘yish mumkinligini aytishgan, biroq buning uchun unda mutlaqo sharoit yo‘q. Eri qarashmaydi. O‘zi ishlamaydi, o‘sha nogiron qizining nafaqasigagina kun ko‘rishadi, ukasi ro‘zg‘orga qarashib turadi. Lekin ukasining sharoiti ham maqtagulik emas.

Bu oilaning dardiga faqatgina ezgu niyatdagi yurtdoshlarimizning ko‘magi bilan malham bo‘la olamiz. Biz saxovatpesha yurtdoshlarimizdan mushtipar onaga va uning nogiron jigarbandiga baholi qudrat yordam qo‘llarini cho‘zishlarini so‘raymiz. Ular ayni paytda Rossiyada va operatsiya uchun yetarli mablag‘ to‘planishi kutishmoqda.

Onasi Muqaddam Xalilovaning nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0417 8475 9327

XALILOVA MUKADAM

SBeRBANK (Master Sard): 5336 6900 2695 7417

Telefon: (90) 601-40-48, + 7 (966)198-12-94 

Mavzuga oid