O‘zbekiston | 09:11 / 07.06.2018
9538
3 daqiqa o‘qiladi

Pedagogika universitetining Chet tillar fakulteti binosi Ma'naviyat va ma'rifat markaziga berildi

Foto: tdpu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Chet tillar fakulteti bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi obektni belgilangan tartibda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziga topshirilishini, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ushbu obektni qabul qilib olishni va undan samarali foydalanishni ta'minlaydi.

Obektni kapital ta'mirlash bo‘yicha:

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi buyurtmachi etib belgilandi;
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov savdolari (tender) natijalari asosida aniqlaydi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi belgilangan tartibda:

ishlab chiqilgan tender hujjatlarining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida ekspertizadan o‘tkazilishini;
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlar bilan birgalikda obektda kapital ta'mirlash ishlarining amalga oshirilishini ta'minlaydi.

Belgilanishicha, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziga berilgan bino va inshootlarda “Tafakkur” va “Ma'naviy hayot” jurnallari tahririyatlari hamda “Ma'naviyat targ‘ibotchisi” ta'lim muassasasi tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi obektda kapital ta'mirlash ishlarini bajarish uchun 2019 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi belgilangan tartibda obekt bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati olib borilishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid