Jahon | 01:05 / 07.06.2018
9218
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya muhim raketa poligonini demontaj qilishni boshladi

Foto: KCNA/Reuters

AQShning Genri Stimson nomidagi markaz tadqiqot guruhi Shimoliy Koreya Kuson shahridan shimolda joylashgan raketa poligonini demontaj qilishni boshlaganini ma'lum qildi. 

Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya hukumati raketa dvigatellarini sinovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan stend infratuzilmasini yo‘q qilgan.  
Ta'kidlanishicha, poligonda o‘rta masofalarga mo‘ljallangan KN-15 raketalari uchun texnologiyalar sinovdan o‘tkazilgan. 

24 may kuni Shimoliy Koreya Pxungeri yadro poligonida uchta sinov shaxtasini, yer sirtidagi kuzatuv punktlarini, qo‘riqlash inshootlarini hamda boshqa obektlarni yo‘q qilgani ma'lum qilingan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid