Video: Trampning xatti-harakatini qaytarayotgan Pens
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp xatti-harakatlarini qaytarayotgani tasvirlangan video juda ommalashib ketdi, deb yozmoqda Amerika matbuoti.
Unda Trampning suv butilkasini olib, uni stoldan polga qo‘yishi tasvirlangan. Pens esa shundan so‘ng darhol Trampning ishini qaytardi va o‘z butilkasini ham polga qo‘ydi. Bu hodisa 6 iyun kuni, Vashingtondagi Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal agentlikning qarorgohida o‘tkazilgan yig‘ilishda kuzatilgan.
Newsweek’ning ta'kidlashicha, Pensning bunday tushunarsiz xatti-harakati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari kulgisiga sabab bo‘lgan, hamda video internetda tezlik bilan tarqalib ketdi. Foydalanuvchilardan birining taxminicha, Tramp xonaga kirishdan avval Pensga «hamma narsada unga quloq tutish» haqida maslahat bergan, va, aftidan, vitse-prezident buni 5 bahoga uddalagan.