O‘zbekiston | 21:40 / 08.06.2018
28568
1 daqiqa o‘qiladi

Prokuratura tekshiruvidan keyin Nukus pedagogika instituti rektori ishdan ketdi

Foto: Kruz.uz

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori Kuanishbay Kelimbetovich Orazimbetov lavozimdan ozod etildi. O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini imzolagan.

Filologiya fanlari doktori, professor Kuanishbay Orazimbetov 2016 yilning 26 avgustidan buyon institutga rektorlik qilib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan belgilangan kvotadan ortiq abituriyentni o‘qishga qabul qilgan Nukus pedagogika instituti rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Mavzuga oid