Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Subaru prezidenti mojaro sababli iste'foga ketdi
Foto: Reuters
Subaru avtomobilsozlik kompaniyasi prezidenti Yasuyuki Yocinaga yonilg‘i sarflanishi haqidagi ma'lumotlarning soxtalashtirilishi bilan bog‘liq mojaro sababli o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda Nikkei Asian Review ma'lum qildi.
May oyida yapon kompaniyasi 903 ta chiqarilgan mashinada yonilg‘i sarflanishi haqidagi ma'lumotlar soxtalashtirilganini tan olgan. Kompaniyada aytilishicha, bir qator holatlarda pasport ko‘rsatkichlar haqiqiysidan yomon bo‘lgan. Subaru’da ushbu vaziyatni kompaniyada nooptimal ichki sifat standartlari amal qilishi bilan tushuntirgan va bunday holatlar takrorlanmasligi hamda kelgusida aniq ma'lumotlar berishga va'da qilgan.
Ushbu mojaro ortida Yosinaga o‘z lavozimini tark etishga qaror qilgan. Kompaniyaning yangi rahbari kim bo‘lishi hozircha ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
20:10 / 06.02.2025
Okean tepasida yonilg‘isiz uchgan Airbus A330 – halokatga uchrashiga bir baxya qolgan samolyot
18:28 / 29.11.2024
Dunyoda benzin narxi eng arzon bo‘lgan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
16:10 / 22.07.2024