Jamiyat | 14:50 / 08.06.2018
24254
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarosi Bodrumda osilgan holda topildi

Turkiyaning Bodrum shahrida O‘zbekison fuqarosi dorga osig‘lik holda topildi. Bu haqda rusturkey.com xabar tarqatgan.

Jasad Gyumyushlyuk plyaji hududida, sohil chizig‘idan 20 metr masofada daraxtda osig‘liq holda topilgan.

Karaxt holatga tushgan turistlar mahalliy aholini yordamga chaqirishgan, keyin voqea joyiga tibbiyot xodimlari va politsiyachilar yetib kelishgan. Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, marhum uni topib olishlaridan bir necha soat oldin o‘ldirilgan.

Foto: rusturkey.com

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, u O‘zbekiston fuqarosi, 32 yoshli Shuhratbek Rasulov ekani aniqlangan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma'lum emas. 

Marhumning jasadi Mug‘la viloyatidagi o‘likxonaga olib ketilgan, politsiya ushbu hodisa yuzasidan tekshiruvlarni davom ettirmoqda.

Mavzuga oid