Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslardan metall parchalarini qabul qilish taqiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi
Hujjat bilan belgilanishicha, 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslardan metall parchalarini qabul qilishga qonuniy vakillarining ularning pasportiga oid ma'lumotlar va yashash manzillari ko‘rsatilgan yozma roziligi mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab tashkilotlarning tugatilishi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi tartibotlarini o‘tkazish davomida hisobdan chiqariladigan tarkibida rangli va qora metallar bo‘lgan tabiiy va ma'naviy eskirgan asbob-uskunalar “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga erkin narxda topshirilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jismoniy shaxslardan qabul qilishga ruxsat etilgan rangli metallar parchalari ro‘yxati tasdiqlangandi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
13:54 / 01.05.2025