Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda iPod ko‘rinishidagi bino qad rostlaydi
Dubaydagi (BAA) noyob binolar soni yaqin orada yana bir nostandart inshootga ko‘payadi. Gulf News nashri ma'lumotlariga ko‘ra, amirlikda tez orada tashqi ko‘rinishi Apple kompaniyasining iPod pleyerini eslatuvchi “aqlli” turar joy binosi qad rostlaydi.
The Pad deb nomlangan 26 qavatli bino Honkongning James Law Cybertecture kompaniyasi xodimi Jyeyms Lou tomonidan loyihalashtirilgan va Dubay markazi yaqinidagi biznes-buxtada joylashgan. Kompaniya saytida aytilishicha, loyiha o‘zidan “binoda yashovchilarga o‘z uylarini o‘z ehtiyojlari va istaklaridan kelib chiqib dasturlashga imkon beruvchi texnologik yutuqlarni qurollanishga olgan yangi me'moriy yo‘nalish”ni aks ettiradi.
Bino qurilishi 2007 yilda boshlanib, 2 yildan keyin to‘xtatib qo‘yilgan. 2013 yilga kelibgina qurilishni davom ettirish imkoniyati tug‘ilgan hamda kutilganidek, joriy yilda binoga odamlar ko‘chib o‘tishlari mumkin. Ularga bir xonalik kvartiralardan boshlab 3 yotoqxonali duplekslargacha bo‘lgan 256 ta apartament taklif qilinadi. Uylar derazalari Dubay kanalining ajoyib manzarasidan zavqlanishga imkon beradi. Bino ichi eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan – yorug‘lik va yorug‘lanishni dasturlaydigan biometrik qulflar, ovozli boshqaruv hamda xonadon egasining sog‘ligini nazorat qiluvchi noyob ko‘zgular.
Bino tashqi ko‘rinishining yana bir alohida jihati uning 6,5 gradus burchakka og‘gan holda qurilgani hisoblanadi. Bu esa bino go‘yoki ag‘anayotgandek tasavvur beradi. Arxitektorning g‘oyasiga ko‘ra, bino quvvatlash platformasida turgan pleyer holatini takrorlaydi.
Dubay amirligi o‘zining noyob va nostandart inshootlari bilan yil sayin butun dunyodan ko‘proq sayyohlarni jalb qilmoqda. Misol uchun, Dubayda dunyodagi eng baland bino “Burj-Halifa” (828 metr) va maydoni 3,96 million kvadrat metrni (50 tadan ko‘proq futbol maydoniga teng) tashkil qiluvchi eng yirik savdo markazi “Dubay moll” joylashgan. Yanvarda esa surat ramkasi ko‘rinishidagi, balandligi 150 metrlik inshoot ochildi, martda esa eng baland mehmonxona – 75 qavatli (356 metr) Gevora o‘z ishini boshladi.
Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi
11:18 / 25.02.2025