O‘zbekiston | 13:48 / 10.06.2018
6912
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT mamlakatlari milliy valyutaning savdo-sotiqda qo‘llanish hajmini kengaytirish istiqbollarini o‘rganadi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari savdo va investitsion faoliyatda milliy valyutani qo‘llash hajmini kengaytirish istiqbollarini o‘rganadi. ShHTga a'zo davlat rahbarlari kengashining Tsindao deklaratsiyasida shu haqida ma'lum qilingan.

"Tashkilotga a'zo davlatlar bank-moliya sohasida amaliy hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan savdo va sarmoyaviy faoliyatda milliy valyutani qo‘llash hajmini kengaytirish istiqbollarini o‘rganish tarafdori", - deyiladi hujjatda. 

Tomonlar shuningdek moliyaviy tuzilmalar va ularning xizmatlari tarmoqlarini shakllantirish uchun qulay hamda adolatli sharoitlarini ta'minlash maqsadida moliyaviy nazorat va boshqaruv sohasida o‘zaro almashinuvlarni faollashtirish, muvozanatli makroiqtisodiy boshqaruv sohasida o‘zaro hamkorlik qilish va moliviy tuzilmalar ustidan nazorat qilishning dolzarbligini ta'kidlashdi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid