Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Rossiyaga kiruvchilar soni keskin qisqardi - Statistika
2018 yilning I choragi bo‘yicha O‘zbekistondan Rossiyaga kiruvchilar soni 41 ming nafarni tashkil qilgan, bu esa mazkur ko‘rsatkichlarning o‘tgan yilgi statistikaga nisbatan 59 foizga qisqarganini ko‘rsatmoqda. "TurStat" sahifalarida joriy yilning ilk uch oyligi doirasida Rossiyaga kirish turizmi statistika ma'lumotlari taqdim etildi.
Statistika Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevroittifoq mamlakatlaridan Rossiyaga keluvchi sayyohlar hisobiga I chorakda kirish turizmi ko‘rsatkichlari oshganini ko‘rsatgan.
I chorak yakunlariga ko‘ra, Rossiyaga kirish turizmi bo‘yicha top-10 mamlakatlar ro‘yxatiga Ukraina, Qozog‘iston, Xitoy, Finlyandiya, Ozarboyjon, Polsha, Armaniston, Moldova, Abxaziya, Qirg‘iziston va Estoniya kiritilgan.
Manbada ta'kidlanishicha, Xitoy o‘zining 216 ming sayyohi (+18 foiz), Janubiy Koreya 34 ming (+48 foiz) sayyohi bilan 2018 yilning ilk uch oyida Rossiyaga kirish turizmi o‘sishi bo‘yicha yetakchilik qildi.
Finlyandiya, Polsha, Estoniya va Germaniya Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan Rossiyaga keluvchilar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025