Jahon | 07:33 / 11.06.2018
8940
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning F-15 qiruvchisi Yaponiya sohillari yaqinida quladi

Foto: internetlook.com

AQSh harbiy-havo kuchlarining F-15 qiruvchisi Okinava oroli sohillari yaqinida quladi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda. U Yaponiyaning Kadenidagi harbiy-havo bazasida joylashtirilgandi.

Xabar berilishicha, uchuvchi katapulta vositasi yordamida parashyut bilan sakrashga ulgurgan. Okinava rasmiylari xabariga ko‘ra, u Yaponiya o‘zini o‘zi mudofaa qilish havo kuchlari vertolyoti yordamida qutqarilgan. Biroq, hozirgi vaqtda uchuvchining ahvoli hamda qiruvchi bortida yana kim bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda.

Sohilni qo‘riqlash xizmati qiruvchi qulagan joyga patrul qayiqlarini yubordi.

AQSh kuchlarining Yaponiyadagi qo‘mondonligi xabariga ko‘ra, F-15 qiruvchisi mashg‘ulot parvozi vaqtida qulagan. 

Hodisa 11 iyun kuni ertalab yuz berdi. 

«Uchuvchi muvaffaqiyatli ravishda parashyut bilan sakrashga ulgurgan, u qidiruv-qutqaruv jamoasi tomonidan topildi va qutqarildi», - deyiladi Kaden aviabazasining tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya AQShdan F-35 qiruvchilarini muddatidan avval qabul qilib olgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid