Jamiyat | 17:44 / 11.06.2018
36152
3 daqiqa o‘qiladi

Bir oilaga 60 million so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazgan bosqinchi qo‘lga olindi

Buxoro shahar IIBga, G‘oziyon ko‘chasi 59-uyda yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan, uy bekasi Gulshan Hakimova ariza bilan murojaat qilib, 2018 yilning 20 aprel kuni soat 05:00 larda noma'lum shaxs uning yashash uyiga tomdan oshish yo‘li orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, G.Hakimovaga nisbatan zo‘rlik ishlatib, uni qo‘rqitib, qo‘llari bilan yuz qismiga urib, xonadon egasining 7.000.000 so‘m naqd pullari, 700 AQSh dollari hamda turli xildagi jami bahosi 60 million 303 ming so‘mlik tilla taqinchoqlarini qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringanligini bildirgan edi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan hamkorlikdagi tezkor surishtiruv-qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Buxoro tuman, “Sohibkor” MFY, Charos qishlog‘ida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi (bosqinchilik) bilan sudlangan, amnistiya aktiga asosan jazo muddati qisqarib, hozirgi vaqtda viloyat IIB JIEB 85-sonli jazoni ijro etish manzil kaloniyasida jazo o‘tayotgan O‘sarov G‘iyos G‘afforovich sodir qilganligi aniqlangan.

Jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 3 dona tilla uzuk, bir dona tilla zanjir, bir dona Isroil tilida yozuvlari bo‘lgan selofan paket, bir dona “Charlz Reymond” nomli qo‘l soati, bir dona qo‘lda taqiladigan elektron soati hamda G‘.O‘sarovning jinoyat sodir qilgan vaqtdagi egnida bo‘lgan kiyimlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasiddan G‘.O‘sarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “b, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Mavzuga oid