Jamiyat | 11:08 / 11.06.2018
7341
2 daqiqa o‘qiladi

Hokimiyat Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari sunnat to‘yini o‘tkazib berdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Chilonzor tuman mahalliy Kengashi tashabbusi bilan Chilonzor tuman hokimligi hamkorligida “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini ta'minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan doimiy xabar olib turish, bir qator o‘g‘il bolalarning xatna to‘ylarini munosib nishonlash maqsadida 2018 yil 9 iyun kuni tumanda joylashgan “Afro‘z” to‘yxonasida “Yoshlar - kelajagimiz” shiori ostida 22-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan 10 nafarining sunnat to‘yi marosimi tashkil etildi. Bu haqda Chilonzor tuman hokimligining matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.

Foto: Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati
Foto: Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati

Tashkil etilgan sunnat to‘yi marosimiga 22-Mehribonlik uyining 105 nafar tarbiyalanuvchisi hamda 10 dan ortiq tarbiyachi onalari va Mehribonlik uyi rahbariyati taklif etildi.

Tadbirni Chilonzor tuman hokimi D. Hidoyatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Kirish so‘zida sunnat to‘yi bo‘layotgan bolajonlarni tabriklab, kelajakda yetuk inson bo‘lib yetishishlarini tiladi. 

Shundan so‘ng, tuman imom xatibi tashrif buyurib, tadbir ishtirokchilariga Ramazon oyida qilinadigan ezgu amallarning xosiyati, yoshlarning odob-axloq qoidalari, yoshlar tarbiyasi, mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik, keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari to‘g‘risida ma'ruza qildi.

Foto: Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati

Tadbir yakunida 10 nafar to‘yi nishonlanayotgan bolajonlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Chilonzor tuman Kengashi hamda tuman hokimligi nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Mavzuga oid