Putin JCh-2018 ishtirokchilari va ishqibozlarga murojaat bilan chiqdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin RFda 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati startidan oldin mehmonlar va ishtirokchilarga murojaat bilan chiqdi.
Rossiya rahbari futbol ishqibozlari va RFga kelishga tayyorgarlik ko‘rayotgan jahondagi eng yaxshi terma jamoalarni qutlagan.
"Bizning davlat uchun juda katta futbol oilasi vakillarini qabul qilish, sizlarga chuqur his-tuyg‘ularga ega haqiqiy bayramni hadya etish katta xursandchilik va sharafdir", - deya ta'kidlab o‘tgan Putin.
Uning umid bildirishicha, mehmonlar nafaqat sevimli jamoalari ishtirokidagi o‘yinlardan, balki Rossiya bilan tanishuvdan ham unutilmas taassurotlar olishadi.
"Uning o‘ziga xos madaniyati, noyob tarixi va boy tabiati, quvnoq, juda samimiy hamda do‘stona xalqi bilan. Biz mehmonlarimiz, sportchilar, mutaxassislar va, albatta, ishqibozlar o‘zlarini Rossiyada xuddi uydagidek his etishlari uchun barchasini qildik. Mamlakatimiz va yuragimizni dunyoga ochdik. FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz. Welcome to Russia!", - deya ma'lum qilgan Vladimir Putin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya termasi Rossiyaga kelgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:20 / 23.09.2024
Kreml Putinning yangi yadroviy raketalari sinovi muvaffaqiyatsiz kechganidan bexabar ekanini ma’lum qildi
21:46 / 23.09.2024
Rossiya urush boshlangandan beri 2 mln yosh ishchisidan ayrildi
21:41 / 23.09.2024
Eron prezidenti: Biz Rossiyaning Ukrainaga tajovuzini hech qachon ma’qullamaganmiz
13:50 / 23.09.2024