Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi eng arzon xorijiy mashinalar ma'lum, Ravon yetakchi
Daily-Motor.ru nashri Rossiya avtobozoridagi avtomobil kompaniyalar prays-varaqlarini har oylik tahlildan o‘tkazdi. Nashr tomonidan Rossiyada 2018 yilning iyun oyi holatiga ko‘ra, eng arzon yangi xorijiy mashinalar beshligi tuzildi.
Bu reytingda, xuddi avvalgi oylardagi kabi, Ravon R2 xetchbeki yetakchilik qilmoqda. 85,1 kuchli benzinli motor va «avtomatga» ega bu model RFda 439 ming rubldan taklif etiladi (7 ming dollar). Ravon R2 Rossiyada avtomatlashtirilgan transmissiyaga ega eng arzon yangi avtomobil ham sanaladi.
Ikkinchi o‘rindan Ravon Nexia sedani 449 ming rubllik (7,2 ming dollar) narx bilan joylashdi. Uning bu versiyasida 1,5 litrli atmosferali benzinli motor bor.
Ilk uchlikka Xitoyning Brilliance H230 sedani 459 ming 900 rubl (7,4 ming dollar) yakun yasab berdi. Uning Comfort komplektatsiyasi 1,5 litrli benzinli dvigatel va mexanik transmissiyaga ega.
To‘rtinchi o‘rinni Datsun on-DO sedani egalladi - 461 ming rubl (7,5 ming dollar).
Beshinchi pog‘onada Xitoyning FAW Oley qayd etildi, uning narxi 491 ming rubl (7,9 ming dollar)ga teng.
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025