Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiota tumanida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ochildi
Toshkent viloyatining Zangiota tumani markazida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining hududiy bo‘limi ochildi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli farmoniga asosan amalga oshirildi.
Tuman hokimligining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ushbu markaz Toshkent viloyati “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining viloyat boshqarmasi Zangiota tuman bo‘limiga aylandi. Markazga bu sohada ko‘p yillardan beri ishlab kelayotgan tajribali mutaxassislar biriktirilgan.
"Zangiota tumanida 56 113ta oila mavjuddir. Yangi markaz o‘z ish faoliyatida tumandagi oilalar mustahkamligi, ayniqsa yosh oilalarning tinch-totuvlikda ahillik bilan kamol topishiga madadkor bo‘ladi", - deya xabar berishgan hokimlikdan.
Mavzuga oid
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi
13:58 / 03.02.2025
Dohada Vatandoshlar markazini tuzishga kelishib olindi
23:02 / 18.12.2024