15 iyundan boshlab «Zo'r TV»da «Ertug‘rul» tarixiy seriali namoyish etiladi
«Sevgi iztirobi» serialini efirdan olib tashlash haqidagi ko‘plab bahs-munozaralardan so‘ng «Zo'r TV» telekanali turk filmlari muxlislarini yana bir yangi serial bilan xushnud etish niyatida. Ushbu film o‘zbek tomoshabinlari sevib tomosha qilgan seriallardan hecham qolishmaydi, hatto ko‘p jihatdan ulardan ustun kelishi ham mumkin. 15 iyundan boshlab telekanalda «Ertug‘rul» tarixiy seriali namoyish etiladi. Mashhur asar voqealari Buyuk Usmoniylar imperiyasi shakllana boshlagan davr voqealarini ifoda etadi.
Hozirda ushbu serial butun dunyoga mashhur bo‘lmoqda. Real voqealarga asoslangan bu film, ijtimoiy tarmoqlarda ham eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzular orasida ikkinchi o‘rinda turibdi. 2018 yilning may oyida #DirilişErtuğrul xeshtegi Twitter’da bir necha soat davomida eng ko‘p foydalanilgan xeshteg bo‘ldi, serial yangi qismlarini ko‘rgan tomoshabinlar soni esa butun dunyo bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Ko‘p qismli ushbu film Usmon I ning otasi bo‘lmish Ertug‘rul hayotidan hikoya qiladi. O‘z davrida O‘g‘uz qabilasi O‘rta Osiyo hududida yashagan va Horazmshohlar qaramligida bo‘lgan. Mo‘g‘ul bosqinchilari Xorazm davlatini vayron qilganidan so‘ng Sulaymon Shoh o‘z qabilasi bilan Anato‘liyaga ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan. Qabila Saljuqiylar sultonligi hukmdori Ala ad-Din Kay-Kubodning himoyasi ostida edi. Serialning bosh qahramoni – Ertug‘rul, Sulaymon Shoh o‘g‘illaridan biridir. 27 yoshli yigit do‘stlari bilan birga o‘rmonda ov qilish paytida Halima ismli qizni, uning ukasi Yigitni va otasi No‘'monni salbchilar hujumidan qutqarib qoladi.
Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, No‘'mon asli saljuqiy shahzoda bo‘lib, akasi Sulton Ala-ud-Din Kay-Kubod tomonidan xiyonat qilganlikda ayblangan. Uning farzandlari Halima va Yigit esa Sulton Rumning jiyanlari bo‘ladi. Uch kishi hayotining saqlab qolinishi, keyinchalik bosh qahramonlar hayotiga va umuman sodir bo‘lgan butun voqealar rivojiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Butun serial davomida bosh qahramon O‘g‘uzlar va Saljuqiylar sultonligi dushmanlariga qarshi kurash olib boradi. Bunda unga do‘stlari Turgut, Dogan va Bams, katta akasi Kuntug‘di, shuningdek ota-onasi yordam beradi.
Ertug‘rulni sharqiy davlatlar asoschisi deb hisoblar edilar, chunki aynan u hududlarni rivojlantirish va kengaytirish tashabbusi bilan chiqqan, odamlarni bir butun mustahkam armiyaga birlashtirib, dushmanlarga qarshi kurashgan va buyuk davlat yaratishga muvaffaq bo‘lgan.
Xalq kuchli va irodali hukmdorni juda yaxshi ko‘rar edi. Qudratli ekanligiga qaramasdan Ertug‘rul hamisha kuchli his-tuyg‘ular va qat'iy prinsiplarga ega haqiqiy inson bo‘lib qoladi. U hukmronligi davrida Kichik Osiyoning butun g‘arbiy qismini bosib olishga muvaffaq bo‘ladi. Uning avlodi esa imperiyaga olti asr mobaynida hukmronlik qiladi.
Ushbu serialda buyuk ko‘chish, yangi hududlarni egallash, tarixiy yurishlar va albatta sevgi haqida hikoya qilinadi.
Serial surguzashtlarga boy bo‘lib, bosh qahramonlar ham, tomoshabinlar ham zerikmaydi. Ba'zi qahramonlarning shafqatsiz ekanligiga qaramasdan, real voqealar syujyeti shunday tuzilganki, bu serialni o‘rta maktab yoshidagi bolalar ham ko‘rishi mumkin. Tarix achchiq haqiqatlardan iboratligiga ko‘nikib qolganmiz. Ammo film rejissyorlari tarixiy faktlarni butunlay yangicha bosqichga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldilar!
Har bir voqea ortida inson taqdiri, axloqiy va ma'naviy jihatlar mavjud bo‘lib, aktyorlarning buni mahorat bilan ijro etishi ba'zi qahramonlarning xatti-harakatlariga nisbatan hamdardlik, nafrat va sevgi tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Serial yana shunisi bilan qiziqki, mutlaqo turli shaxslar, qarashlar va dinlar xarakteri ochib berilgan.
«Zo'r TV» telekanali ushbu filmni namoyish etish eksklyuziv huquqini qo‘lga kiritdi va dublyajga milliy kinoindustriyaning taniqli vakillarini taklif etdi. Bular:
Alisher Uzoqov, Sanjar Sa'dullayev, Mahmud Ismoilov, Boir Xolmirzayev, Oybarchin Bakirova, Nazokat Axunova va Nasiba Mahmudovalardir.
«Ertug‘rul» efirga uzatilishi haqidagi yangiliklarni ZO'R TV ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida kuzatib boring:
Facebook: @zortv.uz
Instagram: @zortv.uz
Telegram: @zortv_kanal
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
Mavzuga oid

14:25 / 06.07.2022
IIBBga “Zo‘r TV” joylashgan hudud minalashtirilgani haqida xabar kelib tushdi

13:20 / 27.03.2018