Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda oltin va kumush yombilar ishlab chiqaruvchi yuqori texnologik kompleks ishga tushadi
Joriy yilning 7 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan o‘lchovli yombilarni ishlab chiqarish va qimmatbaho metallar bozori faoliyatini tartibga solishni tashkillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq "Navoiy TMK" DK bazasida qimmatbaho metallar (oltin va kumush)dan 5 grammdan 1000 grammgacha bo‘lgan o‘lchovli yombilar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik kompleks qurilishi" sarmoyaviy loyihasini amalga oshirish tasdiqlandi.
Qarorda loyihani amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi taqdim etilgan, qurilish davomida ishtirokchilarning asosiy rollari taqsimlangan. Ta'kidlash joizki, "Navoiy TMK" DK o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari qoldiqlarini ichki bozorda milliy valyutada maqsadli ravishda tarqatishi mumkin.
Mazkur qaror ijrosi O‘zbekistonning turistik yo‘nalish sifatidagi jozibasini oshirishga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Shopping-turizm - turizmning keng tarqalgan turlaridan biri. U Hindiston va Xitoy sayyohlari orasida mashhur, bu mamlakatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilar esa ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu ikki mamlakat sayyohlari o‘z sayohatlari davomida tilla buyumlar xarid qilishni yaxshi ko‘rishadi - bu ularning o‘ziga xos an'anasi. Oltin yombilar xaridi ham shular jumlasidandir, u O‘zbekistonning qimmatbaho metallar bozorini rivojlantirish va sayyohlar uchun mamlakat jozibasini yanada oshirishga yordam beradi.
O‘zbekistonga qimmatbaho metallar olib kirish va olib chiqish jarayonlarini soddalashtirish uchun tegishli choralar ko‘riladi, qimmatbaho metallar og‘irligi bo‘yicha cheklovlar va shart-sharoitlar belgilanadi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025