O‘zbekiston | 09:36 / 13.06.2018
18770
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning qancha fuqarosi mehnat migranti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan?

Foto: O‘zA

Bugungi kunda 2 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolari (32 million aholidan) Rossiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya davlatlarida mehnat migrantlari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Natijada bolalarni instituttsional muassasalarida (internatlarda) uzoq vaqtga tashlab ketish holatlar ko‘payib bormoqda, deb yozadi O‘zA.

Hozirda mehnat migratsiyasining oila va bolalarga ta'sirini o‘rganib chiqqan rasmiy tadqiqotlar mavjud emas. Shuningdek, bolalar himoyasiga va migratsiyani salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan takliflar ham mavjud emas.

Yuqoridagi ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqib O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi YUNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda “migratsiya oqibatida himoyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni himoya qilish” mavzusidagi xalqaro loyihaga qo‘l urdi.

2018 yil 11 iyun kuni mazkur masalalar bo‘yicha ekspertlarning dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “YUNISEF” jamg‘armasi, Tashqi ishlar, Xalq ta'limi vazirliklari, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi vakillaridan iborat ekspert guruhi ish boshladi.

Mazkur loyiha 36 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, mamlakatning 4 viloyatini qamrab olishi kutilmoqda.

Loyiha davomida migrant oilalarning farzandlarini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish, ularning har tomonlama kamol topishi asosiy maqsad etib belgilandi.

Mavzuga oid