Jahon | 09:03 / 14.06.2018
5008
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Koreya yarimorolidagi harbiy mashg‘ulotlar to‘xtatilishini rasman e'lon qiladi – CNN

Foto: AP Photo/Ahn Young-joon

AQSh hukumati 14 iyunda Koreya yarimorolidagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar to‘xtatilishini rasman e'lon qiladi. Bu haqda AQSh ma'muriyatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali ma'lum qildi.    

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis va AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi – general Jozef Danford harbiylar uchun tegishli yo‘riqnomalarni ishlab chiqishmoqda. 

Donald Tramp va Kim Chen Inning Singapurdagi uchrashuvi yakunlariga ko‘ra qo‘shma hujjat imzolangan. Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya AQSh tomonidan xavfsizlik kafolati berilishiga javoban Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirishni o‘z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, Tramp Janubiy Koreya bilan birgalikda o‘tkazilayotgan harbiy mashg‘ulotlarni to‘xtatishga va'da bergan. Biroq keyinroq AQShning Janubiy Koreyadagi harbiy kontingenti qo‘mondonligi bu borada hech qanday buyruq olinmaganini ma'lum qilgandi.   

CNN’ning ta'kidlashicha, Tramp bu masalada Xitoy raisi Si Tszinpin ta'siri ostida yonbosishga qaror qilgan.

Mavzuga oid