O‘zbekiston | 14:25 / 14.06.2018
53686
1 daqiqa o‘qiladi

Buzilishi mo‘ljallangan Ezidyor va Mumtoz to‘yxonalari haqida yangi ma'lumot tarqaldi

Foto: KUN.UZ

Tashkent city qurilishi rejalashtirilgan hududda joylashgan Ezidyor va Shayxontohur ko‘chasidagi Mumtoz tantanalar zali buzilishi haqida avval xabar berilgan edi. 

Ammo, Shayxontohur hokimi Bahodir G‘oibnazarov tadbirkorlarga buzilgan mulki evaziga qayerdan joy berilishini aniqlashtirmagan edi. Bugungi kunga kelib, tadbirkorlar mulklari evaziga qayerdan joy olishlari ma'lum bo‘ldi, deb yozmoqda O‘zA.

Toshkent shahar hokimligi vakilining ma'lum qilishicha, Ezidyor to‘yxonasi egasiga Versal to‘yxonasi beriladi. 

Shuningdek, “Mumtoz” to‘yxonasi rahbariyatiga mulklarining buzilishi tufayli Toshkent shahar hokimiyati balansida bo‘lgan “Sayohat” restorani beriladi. 

“Maqsadimiz, mulklari buzilish hududlarida bo‘lgan tadbirkorlarni rozi qilish, ularga ma'qul bo‘lgan yerdan joy berishdir”, degan Toshkent shahar hokimligi vakili.

Mavzuga oid