Jamiyat | 23:05 / 14.06.2018
21167
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikalik siyosatchi suratga tushayotgan vaqtda otib ketildi (video)

Meksikada uyushgan jinoyatchilikka qarshi chaqiriq tashlagan siyosatchi Fernando Puron otib ketildi. Kongressga nomzod hisoblangan Puron saylovoldi debatlaridan qaytayotganda uning yoniga selfi tayoqchasi bilan birga bir ayol kelgan va suratga tushishni iltimos qilgan.

Voqea joyidagi kuzatuv kameralari siyosatchi selfiga tushayotganda uning ortidan soqolli va boshida kepkasi bo‘lgan erkak kelib, boshining orqa qismiga o‘q uzganini qayd qilgan. 43 yoshli Puron shifoxonaga yo‘lda jon bergan.

Puron mamlakatda o‘ldirib ketilgan 112-siyosatchi bo‘ldi. Qotillik sabablari hozircha noma'lum bo‘lsa-da, siyosatchi 2014 yildan 2017 yilgacha tahdidlar olib kelgan. U shu davr davomida Pedras-Negras shahri meri bo‘lgan va mahalliy narkokartelga qarshi chiqqan. 

Mavzuga oid