Sport | 10:51 / 14.06.2018
27789
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada jahon chempionati start oladi

Foto: Dan Mullan/Getty Images

Bugun, 14 iyun kuni Rossiyada jahon chempionati o‘yinlariga start beriladi. 

2010 yil 2 dekabr kuni mundialni o‘tkazish mezbonligi bu mamlakatga topshirilgan edi. Oradan 2751 kun o‘tib, Rossiya o‘z eshiklarini dunyo terma jamoalari va muxlislar uchun ochmoqda. 

Bir necha soatlardan so‘ng, Moskvadagi «Lujniki» stadionida musobaqaning ochilish marosimi boshlanadi. Soat 20:00da maydonga Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari tushib kelishadi.

32ta jamoa, 736 nafar futbolchi, o‘nlab hakamlar, stadiondagi o‘n minglab muxlislar, TV ekrani oldidagi millionlab odamlar bir oy davomida hamnafas bo‘lishadi. 

Futbol bayrami boshlanmoqda!

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid