Tavba qilish shartlari va odoblarini bilasizmi?
“Islom nuri” dasturining navbatdagi sonida tavba mavzusi haqida so‘z boradi. Bu haqda poytaxtning “Bo‘ri jar” jome masjidi imom xatibi Husniddin Abdukarimov so‘zlab berdi.
YouTube'da tomosha qilish
Tas-IX'da tomosha qilish
Qur'oni karimda tavba haqida juda ko‘p oyatlar kelgan. Chunki bandani bu hayotdagi turish-turmushi va yurishi-yu nafas olishi – barcha barchasi gohida xatoga sabab bo‘lib qolishi mumkin. Shu sabab har lahza tavba-tazarru qilishimiz lozim. Qur'oni karimda Alloh taolo bandalariga aytadiki: “Alloh tavba qiluvchilarni va obdon poklanib yuruvchilarni sevadi”. Biz bu oyati karimadan shunday haqiqat mazmunini olamizki, bizning qilgan tavbamiz, Allohga suyanishimiz Yaratganga yoqar ekan.
Ulamolarimizdan ko‘p tavsiyalar borki, tavba bu – qaytish ma'nosini bildirar ekan. Biror bir gunoh ish qilish sabab Allohdan yuz o‘girilsa, tavba tufayli Allohga qaytilar ekan. Payg‘ambarimiz (s.a.v) tavba qilish vaqtlari haqida gapirar ekanlar, uning jon toki xalqumga kelgunga qadar qilish mumkinligini, mag‘firat darvozalari ochiq turishini aytib o‘tganlar. Bundan kelib chiqadiki inson to jon berar vaqtiga qadar tavba qilib qolishi kerak ekan.
Payg‘ambarimiz (s.a.v) sahobiylardan biri bilan ulovda ketishayotganida: “Bir namoz bilan ikkinchi namoz orasida bir xato qilib qo‘yilsa, ana shu xatoni keyingi namozni o‘qishlik bilan Alloh kechiradi”, deb marhamat qildilar. Shunda sahobai ikrom so‘radilar: “Yo Rasululloh, boshqalarga mana shu so‘zingizni aytaymi?”. Nabi alayhissalom bunga javoban: “Boshqaga aytmagin, shunga tayanib qolishmasin”, degan ekanlar.
Ya'ni, Alloh taoloning mehribon va rahmli sifati shuki, kuniga besh mahal namoz ado etiladigan bo‘lsa, har namoz orasidagi ayb-nuqsonni, xatoni, gunohni keyingi namozni ado etish bilan kechirar ekan. Banda Allohning mana shu sifatini his etib, tavbaga yurish kerak.
Yer yuzida biror banda gunoh qilsa, farishtalar Allohga nido qilib aytishar ekanki: “Yo Alloh. Yer yuzidagi falon bandang xato qildi, gunohga qo‘l urdi”. Shunda Alloh: “To‘xtab tur, balki u tavba qilar”. Bir muddat o‘tib farishtalar yana shunday nido qilishar ekan. Alloh taolo yana o‘shanday javob qaytarar ekan. Farishtalar bir muddat kutishar ekan. Shunda ham banda tavba qilmasa, Alloh farishtalarga aytar ekanki: “Mana shu bandamning mana shu bitta xatosini bitta qilib yozinglar, ko‘paytirmanglar”. Yaratgan bandasining savobli ishlarini o‘n baravar ziyoda etib yozdirar ekan.
Maqola O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi.
Mavzuga oid
17:49 / 14.06.2018
Namoz - bandani Alloh bilan yaqinlashtiradigan ibodat
15:49 / 13.06.2018
Do‘zax – gunohkorlar uchun intiqom maskaniga aylantirildi
02:19 / 13.06.2018
Alloh taolo rizq berishda hech bir jonzotni unutmaydi
15:15 / 12.06.2018