Sport | 11:34 / 15.06.2018
6171
1 daqiqa o‘qiladi

15 iyun kuni jahon chempionatida uchta o‘yin o‘tkaziladi

Rossiyada JCh-2018 start oldi. Bugun, 15 iyun, musobaqaning ikkinchi kuni uchta o‘yin o‘tkaziladi.

Unda «A» va «V» guruhlari jamoalari bellashadi.

Soat 17:00da «Yekaterinburg Arena»da Misr va Urugvay terma jamoalari maydonga tushishadi. Bu bellashuv Uzreport TV va Futbol TV kanalida jonli efirga uzatiladi.

Soat 20:00da «Sankt-Peterburg» stadionida Marokash va Eron terma jamoalari o‘yini boshlanadi. Bu bahsni faqat Futbol TV orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Kunni Portugaliya - Ispaniya bellashuvi yakunlab beradi. O‘yin Sochidagi «Fisht» stadionida soat 23:00da boshlanadi. Bu bellashuv Uzreport TV va Futbol TV kanalida ko‘rsatiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid