Sport | 09:29 / 15.06.2018
42347
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva OMONi Diyego Maradonani tanimadi (video)

Moskva shahri maxsus kuchlari jangchilari afsonaviy futbolchi Diyego Maradonani tanishmay, “Lujniki” stadioni avtoturargohiga kiritishmadi. 

Maradona Rossiyada boshlangan jahon chempionatining Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ilk uchrashuviga tashrif buyurgan. Biroq u stadiondan ketishda muammoga duch kelgan, chunki avtoturargohdagi mashinasi oldiga qo‘yilmagan.

Jahon chempionatidan keyin Maradona Brestning “Dinamo” klubida ishlay boshlaydi. Sobiq futbolchi yaqinda Belarus klubining boshqaruv raisi lavozimini olgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid