«Hamma terrorchilar - Parijda». Trampning G7 sammitidagi keskin bayonotlari haqida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadada bo‘lib o‘tgan G7 sammiti vaqtida qator xorijiy yetakchilarga keskin va qo‘pol gapirgan. The Wall Street Journal gazetasi xabariga ko‘ra, Oq uy rahbari Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega qarata keskin fikr bildirgan.
Nashr manbalari ma'lumotiga ko‘ra, Tramp Eron va terrorizm bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilish vaqtida Makron muammo haqida bilishi kerakligi, sababi "hamma terrorchilar - Parijda" ekanini aytgan.
Tramp migratsiya masalasini muhokama qilish vaqtida esa Sindzo Abega murojaat qilgan.
- Sindzo, senda (Yaponiyada) bunday muammo yo‘q, ammo men 25 million meksikalikni yuborishim mumkin, hamda sen tez orada o‘z lavozimingni tark etasan, - deya ma'lum qilgan AQSh prezidenti.
Shuningdek ta'kidlanishicha, u YeK rahbarini bir necha marotaba shafqatsiz qotil, deb atagan. Bunga Bryussel tomonidan Amerika texnologik kompaniyalariga qo‘yilgan jarimalar sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Merkel bilan tasvirlangan mashhur fotosuratga izoh bergandi.
Mavzuga oid
07:56 / 06.08.2024
G7 tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni yumshatishni talab qildi
08:30 / 15.06.2024
G7: Rossiya Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun 486 mlrd dollar to‘lashi kerak
09:30 / 14.06.2024
G7 Kiyevga Rossiya aktivlari garovi ostida 50 mlrd dollar berilishini tasdiqladi
08:51 / 13.06.2024