Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh va Yaponiya mahsulotlariga dempingga qarshi choralar joriy etmoqda
Xitoy Tijorat vazirligidan ma'lum qilishlaricha, mamlakat hukumati AQSh va Yaponiyadan import qilinuvchi mahsulotlarga nisbatan dempingga qarshi vaqtinchalik choralar joriy etmoqda. Bu tovarlarda yod-vodorodli kislota borligi sabab yuz berdi, deyiladi idora saytida.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh hamda Yaponiya Xitoy bozoriga mahsulotlarni arzon narxda yetkazib bermoqda, bu esa «XXR mahalliy sanoatiga ancha jiddiy zarar yetkazyapti».
Ta'kidlanishicha, dempingga qarshi bojlar hajmi 41,1 - 118,8 foizni tashkil etadi va har bir aniq firma uchun alohida belgilanadi.
Shu bilan birga, bunday choralar 23 iyundan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh savdo vakili Robert Laytxayzer Qo‘shma Shtatlarning Xitoy tovarlari importiga 50 mlrd dollarlik qiymatdagi bojlari 6 iyuldan boshlab kuchga kirishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025