Jahon | 21:10 / 16.06.2018
23350
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada erkakni onasining tobuti bosib qoldi (video)

Indoneziyada bir erkak onasining dafn marosimida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Kabar News ma'lum qildi. 

Dafn marosimida bir necha erkak marhumaning tobutini yog‘och zina orqali maxsus supaga ko‘tarishayotganda, omonatgina zina buzilib, odamlar pastga tobut bilan birga yiqilib tushishgan. Tobut marhumaning 40 yoshli o‘g‘li ustiga tushgan.

Erkakning hayotini qutqarib qolishga urinishlar foyda bermadi. U shifoxonaga yetmay jon bergan. Voqea oqibatida yana bir necha kishi jarohat olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid