Jamiyat | 14:29 / 16.06.2018
44970
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda ovchi qo‘ylarga qiron keltirib yurgan bo‘rini ushladi

Qonliko‘l tumanining chekka hududlaridan biri Arzimbetkum OFYdagi "Turkiston" ovulida mol va qo‘ylarni bo‘g‘izlab yurgan bo‘ri ushlandi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.

Foto: Kruz.uz

Qayd etilishicha, shu paytgacha hech kim eplay olmayotgan ishni tumandagi mo‘ynoqlik ovchi Isayev Izbaskan uddalagan. 

Foto: Kruz.uz

Xabarda tuman hokimi ovchiga qo‘y sovg‘a qilgani aytiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid