Jahon | 23:07 / 16.06.2018
45122
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva markazida taksichi meksikalik muxlislarni urib yubordi (Video)

Foto: gucodd.ru

Moskva markazida taksi haydovchisi meksikalik muxlislar guruhini urib yubordi.

Natijada, 8 nafar inson jarohat oldi. Haydovchi esa mashinani tashlab qochib qolmoqchi bo‘lganida, odamlar tomonidan ushlandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan. U politsiya idorasiga olib ketilgan.

Ayni paytda, voqea joyida 2ta tez yordam mashinasi va politsiyachilar ishlayapti.

Mavzuga oid