Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Merkel bilan tasvirlangan mashhur fotosuratga izoh berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida G7 yetakchilari uchrashuvi vaqtida olingan fotosuratga izoh berdi. Unda Germaniya kansleri Angela Merkel stolga qo‘llarini qo‘yib olgan holda qo‘llarini ko‘kragida chalishtirgan Donald Trampga tikilib turgani tasvirlangan.
«Feyk yangiliklar kelishuvlar bo‘yicha muzokaralardan faqat eng yomon fotosuratlarni ko‘rsatadi. Men u muzokaralarda AQShning bironta prezidenti so‘ramagan narsalarni talab qilmoqdaman!», - deya yozdi Tramp.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Merkel bilan ajoyib munosabatlarni o‘rnatgan.
AQSh prezidenti o‘z postiga GFR kansleri bilan birga tushgan qator fotosuratlarini ham qo‘shib qo‘ygan, ular G7 sammiti davomida olingani aytilyapti.
Bundan tashqari, Tramp G7’ning boshqa yetakchilari bilan ham suratlarini e'lon qildi hamda sammitning barcha ishtirokchilari bilan yaxshi munosabatlarda ekanini yozdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya hukumati Tramp va Merkel tasvirlangan fotosuratga izoh bergandi.
Mavzuga oid
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
10:22 / 23.05.2025
G7 moliya vazirlari Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
00:45 / 22.05.2025
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 sammitidan dastlabki bayonotlar
13:32 / 21.05.2025