Sport | 19:57 / 16.06.2018
14003
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Argentina Islandiya bilan durang o‘ynadi, Messi penaltidan gol urolmadi

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.

D guruhining dastlabki o‘yinida Argentina va Islandiya bellashdi. 

O‘yin janubiy amerikaliklarning katta tashabbusi ostida o‘tdi. Ammo ular raqib darvozasini atigi bir marta ishg‘ol etdilar. 19-daqiqada Aguero jarima maydoni ichidan aniq zarba yo‘llab, to‘pni darvoza  «to‘qqizligi»ga joyladi.

Oradan 4 daqiqa o‘tgach, Islandiya hisobni tenglashtirdi. Finnbogason himoyachilar xatosidan foydalanib, to‘pni yaqin masofadan darvozaga bexato yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘limda argentinaliklar bosimni oshirishdi. Raqib darvozasi oldida ko‘plab vaziyatlar yaratildi, xavfli zarbalar yo‘llandi. 64-daqiqada esa Mesaga nisbatan qilingan qoidabuzarlik uchun bosh hakam penalti belgiladi. Ammo o‘yin qahramonlaridan biri darvozabon Haldorsson Messining zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Qolgan daqiqalarda Argentina terma jamoasi futbolchilarining g‘alabani ilib ketish uchun qilgan birorta urinishi foyda bermadi.

JCh-2018, D guruhi
Argentina – Islandiya 1:1 
16 iyun, Moskva, «Otkritiye Arena» 
Gollar: 1:0 – 19 Aguero, 1:1 – 23 Finnbogason. 
Amalga oshirilmagan penalti: Messi (64, darvozabon)
Argentina – Kabalero, Roxo, Otamendi, Talyafiko, Maskerano, Bigliya (Banega, 54), Salvio, Mesa (Iguain, 84), Di Mariya (Pavon, 75), Messi, Aguero.
Islandiya – Xalldoursson, R.Sigurdsson, Magnusson, Sevarsson, Arnason, Xadlvredsson, Gunnarsson (Skulason, 76), G.Sigurdsson, Gudmundsson (Gislason, 63), Byarnason, Finnbogason (Sigurdarson, 89).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid