Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018. Portugaliya hamda Ispaniya terma jamoalari durang o‘ynadi. Eron guruh peshqadami

Jahon chempionati B guruhining markaziy o‘yini bo‘lgan Portugaliya hamda Ispaniya terma jamoalar o‘rtasidagi bahs gollarga boy durang bilan yakunlandi. Sochidagi "Fisht" stadionida kechgan uchrashuv 3:3 hisobi bilan nihoyasiga yetdi.

Ispanlar safida Diyegu Kosta dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Nacho mualliflik qildi. Portugaliyaning barcha gollari Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritildi.

Birinchi turdan so‘ng 3 ochko to‘plagan Eron guruhda peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni egallab turgan Portugaliya hamda Ispaniya hisobida 1 ochkodan bor. To‘rtinchi o‘rinda qolgan Marokash terma jamoasi esa hali ochko ishlamagan.

JCh-2018. V guruhi
Portugaliya – Ispaniya – 3:3 (2:1)
Gollar: Krishtianu Ronaldu, 4 – s penalti (1:0). Diyegu Kosta, 24 (1:1). Krishtianu Ronaldu, 44 (2:1). Diyegu Kosta, 55 (2:2). Nacho, 58 (2:3). Krishtianu Ronaldu, 88 (3:3).
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Sedrik Suarish, Joze Fonti, Pepe, Rafael Gerreyru, Bernardu Silva (Kuarejma, 69), Joau Moutinyu, Villiam Karvalyu, Brunu Fernandesh (Joau Mariu, 68), Gonsalu Gedesh (Andre Silva, 80), Krishtianu Ronaldu.
Ispaniya: de Xea, Nacho, Pike, Serxio Ramos, Jordi Alba, Silva (Vaskes, 86), Buskets, Koke, Isko, Inesta (Tiagu Alkantara, 70), Diyegu Kosta (Aspas, 77).
Ogohlantirishlar: Buskets, 17. Brunu Fernandesh, 28.
Mavzuga oid
02:21 / 07.12.2022
JCh-2022. Portugaliya Shveytsariyaga 6ta gol urib, chorakfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
02:21 / 02.12.2022
JCh-2022. Yaponiya Ispaniya ustidan irodali g‘alabaga erishib 1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi, Germaniya yana guruhda qolib ketdi
02:16 / 29.11.2022
JCh-2022. Portugaliya Urugvayni mag‘lubiyatga uchratib, 1/8 finalga yo‘l olgan 3-jamoaga aylandi
02:25 / 28.11.2022