Jahon | 14:46 / 17.06.2018
8550
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston sharqida halok bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi

Foto: REUTERS

Sharqiy Nangarxar provinsiyasida "Tolibon" radikal harakati jangarilarining Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari bilan uchrashuvida ro‘y bergan portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi. Pajhwok agentligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakili bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea natijasida yana 65 kishi jarohat olgan.

Bunga qadar Reuters 26 kishining halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Voqea shanba kuni Rodat tumanida sodir bo‘lgan. Yig‘ilganlar Ramazon oyining tugallanishini nishonlayotgan bo‘lishgan. Manbaga ko‘ra, qurbonlar orasida "Tolibon" harakati jangarilari bilan bir qatorda tinch aholi vakillari ham bo‘lgan. 

Portlash uchun javobgarlikni IShID terrorchi tashkiloti o‘z zimmasiga olgan. 

Ta'kidlash joizki, 7 iyun kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ramazon va Iyd Al-Fitr bayrami sharofati bilan "Tolibon" harakatiga 12 iyundan 19 iyungacha davom etuvchi bir tomonlama yarashuv e'lon qilgan.

Mavzuga oid