Xitoyda osmondan qisqichbaqalardan tortib sakkizoyoqlargacha “yog‘ildi”
Internetda Xitoyning Tsindao shahri aholisi tomonidan olingan antiqa suratlar paydo bo‘ldi. Bu yerda kuzatilgan “Eviniar” to‘foni sohil bo‘yida joylashgan shahar ko‘chalariga qisqichbaqalardan tortib sakkizoyoqlargacha bo‘lgan turli dengiz jonzotlarini “yog‘dirdi”. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi.
Suratlardan avtomobillarning old oynalari va elektr uzatish liniyalarida sakkizoyoqlar, qisqichbaqalar va dengiz yulduzlarini ko‘rish mumkin.


Ushbu hodisa Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridagi asosiy mavzulardan biriga aylandi. Foydalanuvchilar to‘fon “eltgan” delikateslar suratlari bilan bo‘lisha boshlashgan.

Ba'zi omadlilar esa o‘zgacha taomni tanlash imkoniga ega bo‘ldilar, chunki to‘fon ularga pullar “keltirgan”.


Turli jonzotlardan iborat “yomg‘irlar” dunyoning ko‘plab davlatlarida kuzatilgan noyob meteorologik hodisadir.
Mavzuga oid

18:37
Xitoyda robotlar va odamlar yugurish musobaqasida bellashdi

15:22
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025