Sport | 02:09 / 17.06.2018
16496
2 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiya Nigeriyani mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi

Foto: CNN

2018 yilgi jahon chemionati D guruhining ikkinchi juftlik o‘yini o‘tkazildi. Unda Xorvatiya terma jamoasi Nigeriyani qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

32-daqiqada Nigeriya futbolchisi Etebo o‘z darvozasiga to‘p kiritib, raqibni hisobda oldinga olib chiqdi. 71-daqiqada Modrich penaltidan unumli foydalanib, jamoasining ishonchli g‘alabasiga hissa qo‘shdi. 

Guruhning birinchi juftlik o‘yinida Argentina hamda Islandiya terma jamoalari kuch sinashib, durang qayd etishgan edi. 

Shu tariqa, Xorvatiya birinchi turdan so‘ng 3 ochko bilan guruhda yetakchilik qilmoqda. Argentina hamda Islandiya esa 1 ochko bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Nigeriya terma jamoasi esa 0 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. 

Xorvatiya – Nigeriya 2:0

Gollar: 1:0 – 32, avtogol Etebo, 2:0 – 71, penalti Modrich.
Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich, Vrsalko, Vida, Rakitich, Modrich, Perishich, Rebich (Kovachich, 78), Kramarich (Brozovich, 60), Mandjukich (Pyatsa, 86).
Nigeriya – Uzoxo, Trost-Ekong, Shexu, Idovu, Balogun, Ndidi, Etebo, Obi Mikel (Nvankvo, 88), Mozes, Ivobi (Musa, 62), Igalo (Ixeanacho, 73).
Ogohlantirishlar: Rakitich (30), Trost-Ekong (70), Brozovich (89).

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid