Jahon | 00:06 / 17.06.2018
4153
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya bortida noqonuniy muhojirlar bo‘lgan kemalarni qabul qilishdan bosh tortmoqda

Foto: Reuters

Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Salvini 16 iyunda Italiya bortida noqonuniy muhojirlar bo‘lgan ikkita yangi kemani qabul qilishga tayyormasligini ma'lum qildi.  

Salvinining ma'lum qilishicha, Lifeline va Seefuchs kemalari Liviya sohillari yaqinida qolmoqda. Kemalarning bortida kontrabandachilar tomonidan tashlab ketilgan muhojirlar bor.

“Bu kimsalarga ma'lum bo‘lsinki, Italiya noqonuniy migratsiya biznesiga boshqa aralashtirilishini istamaydi va shu sababli bu kemalar bora oladigan boshqa port qidirishingizga to‘g‘ri keladi”, deb yozgan Salvini feysbukda.

Salvinining ma'lum qilishicha, Italiya avvalroq qabul qilishni istamagan Aquarius kemasi Ispaniyaga 17 iyunda yetib kelishi kutilmoqda.

Avvalroq Italiya va Malta bortida 629 noqonuniy muhojir bo‘lgan Aquarius kemasini o‘z portlariga kiritishdan bosh tortgandi. Kemadagi odamlarning O‘rta yer dengizida o‘tkazilgan qutqaruv amaliyotlari davomida hayotlari saqlab qolingan. Ikki davlat, BMT va Yevropa ittifoqining kemani qabul qilishga chaqirishiga qaramay, uni qabul qilmaslikka qaror qilgan. Shundan keyin Ispaniya hukumati kemani Valensiya portida qabul qilishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid