Jahon | 12:49 / 17.06.2018
15304
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar o‘zga sayyoraliklar bilan aloqa o‘rnatish niyatida yulduzlardan biri tomon musiqiy treklar jo‘natishdi

Foto: Danielle Futselaar/METI

Sonar Music Festival Kataloniya koinot tadqiqotlari instituti va METI International bilan birgalikda o‘zga sayyoraliklar bilan aloqa o‘rnatish niyatida koinotga 35 ta 10 soniyali elektron musiqa EDM (Electronic dance music) kompozitsiyasini yubordi.

Olimlar bu treklar GJ 237 yulduzigacha yetib borishiga umid qilishmoqda. Treklar koinotda uzoq vaqt davom etadigan “sayr” vaqtida yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun ular ikkilik sanoq tizimidagi kodda yuborilgan.

GJ 237 yulduzi sayyoralaridan biri o‘z quyoshidan hayot mavjud bo‘lishi uchun yetarlicha uzoq masofada joylashgan. Treklar bosib o‘tadigan olis masofa hisobga olinsa, ular belgilangan manzilga 2030 yildan keyin yetib boradi. Agar Yerga javob signali jo‘natilsa, unda u 2042 yildan keyin olinishi taxmin qilinmoqda. Musiqa orasiga insoniyat erishgan ba'zi yutuqlarni ko‘rsatish uchun matematika va umuman fan haqida ma'lumot kiritilgan.

O‘tgan yil noyabrda ham olimlar bu yulduz tomon xabar jo‘natishgandi. Norvegiyadagi antenna yordamida olis yulduz tomon soat, vaqtni o‘lchash, hisob yuritish, geometriya va insoniyat tomonidan yaratilgan boshqa konsepsiyalar haqida ma'lumot jo‘natilgan. Olimlar bu ma'lumotlarni tushuna oladigan ongli mavjudotlar topishga umid qilishmoqda. Ular bunga o‘zlari ham uncha ishonmasalarda, javob signalini 25 yildan keyin olish umididalar.

Mavzuga oid