Jahon | 08:35 / 18.06.2018
4234
3 daqiqa o‘qiladi

Yadroviy qurolga ega davlatlar yadroviy qurol tizimlarini modernizatsiya qilishni davom ettirmoqda – SIPRI

Foto: TASS

Yadroviy qurolga ega aksariyat davlatlar bunday qurol zaxiralarini kamaytirish bilan bir vaqtda yangi yadroviy qurol tizimlarini yaratmoqda va mavjudlarini modernizatsiya qilmoqda, deb ma'lum qildi 18 iyunda dunyodagi yadroviy qurol zaxiralari bo‘yicha har yillik ma'lumotlar e'lon qilinishi bilan bog‘liq holda Dunyo muammolarini tadqiq qilish bo‘yicha Stokholm xalqaro instituti (SIPRI). 

SIPRI ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yil boshi holatiga ko‘ra, 9 ta davlat – AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Isroil va Shimoliy Koreya ixtiyorida umumiy hisobda 14,5 mingta yadroviy jangovar kallak bor bo‘lgan. Bu 2017 yildagiga nisbatan kamroq bo‘lib, o‘tgan yil boshi holatiga ko‘ra, bu davlatlarda 15 mingta kallak bor bo‘lgan. 

Institut mutaxassislari bir necha yildan beri yadroviy qurol asosan AQSh va Rossiya hisobidagi yadroviy qurolning qisqartirilishi hisobiga kamayayotganini qayd qilishmoqda. Bu ikki davlat hisobiga dunyodagi yadroviy qurolning 92 foizi to‘g‘ri keladi. Biroq shu bilan birga Rossiyada ham, AQShda ham yadroviy qurol tizimlarini yanada modernizatsiya qilish bo‘yicha uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilgan.

SIPRI dokladida qolgan davlatlar yadroviy quroli ko‘p emasligi, biroq bu davlatlarning barchasi yadroviy qurolni yetkazishning yangi tizimlarini joylashtirishni boshlashgani yoki bunday dasturlarni amalga oshirishlari haqida e'lon qilishgani aytilgan. Bunday davlatlarga misol tariqasida Xitoy, Hindiston va Pokiston keltirilgan.  

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, 2017 yilda yadroviy qurol sohasida o‘z imkoniyatlarini rivojlantirish bilan Shimoliy Koreya shug‘ullanishni davom ettirgan va buning bir qismi termoyadroviy qurol sinovi bo‘lgan. 

Dokladning bir qismi tinchlikparvar amaliyotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, 2017 yilda dunyoda 63 ta ko‘p millatli tinchlikparvar amaliyot amalga oshirilgan. Ulardan 25 tasi Afrikada, 18 tasi Yevropada, 9 tasi Yaqin Sharqda, 6 tasi Osiyo va Okeaniyada, 5 tasi Shimoliy va Janubiy Afrikada o‘tkazilgan. Bu amaliyotlarda ishtirok o‘tgan kontingent soni 152 ming 822 kishidan 145 ming 911 kishigacha, ya'ni 4,5 foizga qisqargan. Ulardan deyarli 4 dan 3 qismi Afrikada tinchlikni ta'minlash bo‘yicha vazifalarni bajarish bilan shug‘ullangan.     

SIPRI 1966 yilda tashkil etilgan va ixtiloflar, qurollanish, qurollanish va qurolsizlanishni nazorat qilish bo‘yicha tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi mustaqil tahliliy markaz hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid