Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ivan Duke Kolumbiya prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozondi
«Demokratik markaz» hukmron partiyasidan nomzod Ivan Duke Kolumbiya prezidentligi uchun saylovlarning ikkinchi turida g‘alaba qozondi. Bundan ushbu mamlakat Milliy saylov kengashi ma'lumotlari darak beryapti, hozircha byulletenlarning 93,25 foizi hisoblab chiqildi.
Uning raqibi, «Prezident Petro» koalitsiyasidan nomzod Gustavo Petro 41,54 foiz ovoz to‘pladi.
Birinchi tur vaqtida 99,84 foiz uchastkalardan olingan byulletenlarning qayta ishlanishi shuni ko‘rsatdiki, Duke uchun saylovchilarning 39,14 foizi, Petro uchun esa - 25,09 foizi ovoz bergan. «Kolumbiya» koalitsiyasidan nomzodi ilgari surilgan Serxio Faxardo (23,74%) uchinchi o‘rinda edi.
Petro Dukening saylovlar ikkinchi turidagi g‘alabasini tan oldi. U yakshanba kuni Twitter’dagi sahifasida tegishli xabarni qoldirgan. "Hozircha biz hukumat bo‘lmaymiz", - deya yozdi u. Shu bilan birga, Petroning ta'kidlashicha, o‘zining natijasini mag‘lubiyat, deb hisoblamaydi. "Kolumbiyaning sakkiz million aholisi. Bu mag‘lubiyat emas", - deya yozdi u.
Mavzuga oid
00:35 / 07.05.2025
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
00:05 / 18.04.2025
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
18:07 / 19.03.2025