Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Plastik kartochkadan 20 mln so‘m pulni o‘g‘irlashdi - IIV
14 iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi, uy bekasi, L.Z. IIBga murojaat qilib, shu yil 11 iyun kuni noma'lum shaxs to‘lov tizimi orqali uning nomiga “Ipoteka” bankidan ochilgan plastik kartochkasi hisobidan 20 179 800 so‘m pulini yechib olganligini ma'lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan noma'lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.
«Hurmatli fuqaro, o‘z shaxsiy buyumlaringizni o‘zgalarga berishdan avval yaxshilab o‘ylang. Hushyor bo‘ling!», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq plastik kartochkalardan pul o‘margan kiberfiribgarlar qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
20:19 / 14.05.2025