Jahon | 17:00 / 19.06.2018
9067
2 daqiqa o‘qiladi

CNN Trampning tvitterdagi «g‘alati» xatti-harakati haqida ma'lum qildi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Trampning tvitteri juda g‘alati ko‘rinish olmoqda, deb yozadi CNN muallifi Kris Sillitstsa.

Tramp o‘z prezidentlik kampaniyasi boshidan beri ijtimoiy tarmoqdan ruhshunos kursisi sifatida ham foydalanib keldi, deya hisoblaydi muallif. Bundan tashqari, u tvitterda o‘z partiyasi, OAVga hujum qildi va hattoki KXDRga urush e'lon qilib yuborishiga oz qoldi.

Biroq, Trampning tvitterdagi xatti-harakati so‘nggi vaqtlarda biroz o‘zgardi, deya ta'kidlaydi muallif. Tramp nafaqat ko‘proq postlarni joylashtirmoqda, balki buni «umuman kutilmagan soatlarda» qilmoqda. Tramp asosan AQSh maxsus prokurori Robert Myullerning surishtiruviga e'tibor qaratyapti.

Trampning tvitteri «forumga aylandi, u yerda darg‘azab, afsusda, tushunarsiz holatda ekanini ko‘rsatish va tarafdorlari uni qanday qo‘llab-quvvatlashayotganini kuzatish mumkin».

Muallifning aniqlik kiritishicha, Tramp ishonchli maslahatchilarga deyarli ega bo‘lmagan holda, so‘nggi bir necha oy davomida o‘zining «ichki doirasi» qisqarib borayotganini ko‘rdi. U burchakda ekanini bilib, ijtimoiy tarmoqqa ko‘proq e'tibor qarata boshladi, deya qo‘shimcha qilgan Sillitstsa. Aynan uning tvitterdagi xatti-harakati Tramp shaxsini ko‘proq ochib berib, Myullerning surishtiruviga bo‘lgan e'tibor aqldan ozish darajasiga yaqin ekanini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp «Rossiya ishi» bo‘yicha sudlanganlarni avf etmasligi xabar qilingandi.

Mavzuga oid