Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ermatov JCh-2018 o‘yiniga tayinlandi. Rekord yangilanadi
O‘zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov Rossiyada o‘tkazilayotgan 2018 yilgi jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan Argentina-Xorvatiya o‘yiniga bosh hakam sifatida tayinlandi.
Qanotlarda unga hamyurtlarimiz Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Zaxira hakami taitilik Norbert Xauata.
O‘yin 21 iyun kuni Nijniy Novgorodda Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Shu tariqa, Ermatov Jahon chempionatlaridagi boshqargan o‘yinlari soni bo‘yicha o‘zi o‘rnatgan rekordni yangilaydi. Bugunga qadar Ermatov JCh final bosqichlarida 9ta o‘yinda bosh hakam bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi o‘yinini 2010 yili JAR maydonlaridagi mundialda ham ikki marta boshqargan, o‘shanda argentinaliklar guruh bosqichida Gretsiyaga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan, chorak finalda Germaniyaga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Ermatov 2014 yilgi mundialda Xorvatiya ishtirokidagi bir o‘yinni ham boshqargan. O‘shanda Meksikaga 1:3 hisobida yutqazgan xorvatlar guruh bosqichidan chiqa olishmagandi.
Mavzuga oid
12:23 / 25.04.2025
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi
15:21 / 26.02.2025
Ravshan Ermatov: «Osiyo kubogi mezbonligi bizga topshirilsa, Markaziy Osiyo tarixdagi eng yorqin forumlardan birini o‘tkaza oladi»
21:35 / 06.05.2022
O‘zbek sportining 30 yillik tarixidagi eng yaxshilar taqdirlandi
16:59 / 27.10.2021