Sport | 11:23 / 19.06.2018
4046
1 daqiqa o‘qiladi

Sinisha Mixaylovich «Sporting» bosh murabbiyi bo‘ldi

Foto: FC Sporting

Lissabonning «Sporting» klubi Sinisha Mixaylovich bosh murabbiy qilib tayinlanganini e'lon qildi.

Serbiyalik 49 yoshli mutaxassis Portugaliya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. U avvalroq «Sporting»ni tark etgan Jorjye Jyezush o‘rnini egalladi.

Ma'lumot o‘rnida, Sinisha Mixaylovich murabbiylik faoliyatida Italiyaning «Bolonya», «Kataniya», «Fiorentina», «Sampdoriya», «Milan», «Torino» klublari va Serbiya terma jamoasini boshqargan.

Mavzuga oid