Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyadan pul o‘tkazmalari bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida yetakchilik qilyapti
O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida Rossiyadan pul o‘tkazmalari bo‘yicha yetakchilikni saqlab turibdi. Bundan Rossiya Markaziy banki ma'lumotlari darak beryapti.
2018 yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 726 mln dollar o‘tkazilgan, ulardan Rossiya fuqarolari tomonidan faqat 200 mln dollari jo‘natilgan bo‘lsa, qolgan 525 mln dollar norezidentlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Bir o‘tkazmaning o‘rtacha miqdori 314 dollarni tashkil qildi.
Tojikistonga 487 million dollar, Qirg‘izistonga 434 million dollar, Armanistonga 209 million dollar jo‘natildi. Eng ko‘pi - 1,7 milliard dollar Rossiyadan Shveytsariyaga o‘tkazilgan.
Xuddi shu davrda O‘zbekistondan Rossiyaga 103 mln dollar yuborilgan. O‘rtacha o‘tkazma miqdori 1 ming dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025