Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyadan Rossiyaga eng xavfli jinoyatchilardan biri ekstraditsiya qilindi
Avstriyadan Rossiyaga eng xavfli jinoyatchilardan biri, jinoiy to‘da yetakchisi Aslan Gagiyev ekstraditsiya qilindi. U Rossiyachga yetkazilgach, hibsga olingan.
“Bugun Rossiya bosh prokuraturasi iltimosi bilan Avstriya tomonidan Aslan Gagiyev topshirildi va hibsga olindi”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Kelib chiqishi gruziyalik bo‘lgan Aslan Gagiyev tomonidan tashkil etilgan jinoiy guruh o‘zining jinoiy faoliyatini 2004 yilda boshlagan va 50 dan ko‘proq a'zoga ega bo‘lgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar 60 kishi, jumladan huquq-tartibot idoralari xodimlari, respublika va shahar darajasidagi amaldorlar, tadbirkorlar o‘ldirilishiga aloqador. Ular o‘z jinoyatlarini Moskva shahri, Moskva viloyati va Shimoliy Osetiyada sodir etishgan.
Jinoiy to‘daning bir qator a'zolari uzoq yillik qamoq jazolariga mahkum qilingan. Gagiyev esa 2015 yilda Avstriyada qo‘lga olingan. U bu davlatda qochqin maqomini olmoqchi bo‘lgan.
Jinoiy guruh sodir etgan eng shov-shuvli qotilliklar 2008 yilda Vladikavkaz meri Vitaliy Karayev va Shimoliy Osetiya bosh vaziri o‘rinbosari Kazbek Pagiyevning o‘ldirilishi bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025